locale OZ

Nursulton Ro'ziboyev va Hamzat Chimayev bir kechada jang qiladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nursulton Ro'ziboyev va Hamzat Chimayev bir kechada jang qiladi
FOTO: Getty Images

O'rta vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, hamyurtimiz 16-avgust kuni AQSh'ning Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.

Ro'ziboyevga shu kuni polshalik Mixail Olekseychuk raqiblik qiladi. Har ikki jangchi ham ijtimoiy tarmoqdagi o'z sahifalari orqali Chikagoda jang qilishini tasdiqlashgan.

UFC 319 turnirining markaziy janggi o'rta vazn chempioni Drikus dyu Plessi va Hamzat Chimayev o'rtasida kechadi. Ro'ziboyev - Olekseychuk bellashuvi ham aynan shu vazn toifasida tashkil etiladi.

Ma'lumot uchun, Ro'ziboyev professional MMA'da 47 ta jang o'tkazib, 36 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Olekseychuk hisobida esa 20 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting