locale OZ

Nursulton Roʻziboyev UFC’dagi jangini oʻzi eʼlon qildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Oʻzbekistonlik aralash jang sanʼati ustasi Nursulton Roʻziboyev navbatdagi jangini rasmiy tarzda eʼlon qildi. 31 yoshli jangchi 17 avgust kuni AQSHning Illinoys shtati, Chikago shahrida boʻlib oʻtadigan UFC 319 turnirida oktagonga koʻtariladi. Uning raqibi sifatida amerikalik Bryan Battle bilan toʻqnashishi maʼlum boʻldi.

Qizigʻi shundaki, jang avval kutilgan yarim oʻrta vazn toifasida emas, balki Roʻziboyev soʻnggi paytlarda harakat qilayotgan oʻrta vaznda tashkil etiladi.

Nursulton jang haqida «Koʻrishguncha, Chikago. UFC 319», deb izoh qoldirgan.

Maʼlumot uchun, Andijonda tugʻilgan Roʻziboyev faoliyati davomida 47 marta jang qilgan — 36 gʻalaba, 9 magʻlubiyat va 2 durangga erishgan. Uning raqibi Bryan Battle esa 12 gʻalaba va 2 magʻlubiyatga ega boʻlib, soʻnggi toʻrtta jangning barchasida gʻalaba qozongan. Battle The Ultimate Fighter 29 realiti-shousining gʻolibi hisoblanadi.

UFC 319 turnirining markaziy jangidan esa oʻrta vazn chempioni Dricus Du Plessis va asosiy daʼvogar Xamzat Chimaev oʻrin oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting