locale OZ

Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangi arafasida tayyorgarlikni jadallashtirdi

“Mehnat, mehnat, mehnat” — Ro‘ziboyev mashg‘ulot jarayonlaridan foto ulashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jang sanasi rasmiy e’lon qilingan. U 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 319 turnirida amerikalik Bryan Battle’ga qarshi oktagonga chiqadi.

Jang sanasi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, Ro‘ziboyev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mashg‘ulot jarayonidan bir necha suratni joylashtirdi.

“Mehnat, mehnat, mehnat”, — deb izoh qoldirdi u post ostida.

Ushbu jang Ro‘ziboyev uchun UFC doirasidagi muhim sinovlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. MMA muxlislari esa uning tayyorgarligi va jangdagi ishtirokiga katta qiziqish bilan nazar tashlamoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting