locale OZ

Nursulton Roʻziboyev: Jang reja boʻyicha kechmadi, ammo gʻalabadan mamnunman

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Roʻziboyev 19-may tongida Germaniya vakili Dastin Stoltzfusga qarshi kechgan jangdan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Jang reja boʻyicha kechmadi, lekin g‘alabadan xursandman. Hammasi birinchi raunddayoq oʻzgarib ketdi. Raqib men uchun kutilmagan hech qanday harakat qilgani yo‘q. Faqat jangni qabul qilgan paytimda bitta xavfli zarbasi borligini ko‘rgandim — va bilmadim, qandaydir qilib aynan oʻsha zarbaga to‘g‘ri kelib qoldim. Shundan tashqari yangilik ko‘rmadim. Lekin u mening zarbalarimni yaxshi koʻtardi”, — dedi Roʻziboyev.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jangda Nursulton Roʻziboyev raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan va UFC’dagi navbatdagi g‘alabasini qayd etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting