Nursulton Ro'ziboyev Bo Nikalga chaqiruv tashladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
18-may tonggida Las-Vegasda tashkil etilgan UFC Fight Night 256 turnirida Nursulton Ro'ziboyev Dastin Shtoltsfusga qarshi oktagonga ko'tarildi va ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Jangdan so'ng “Black” o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Alhamdulillah! Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat! Dastin Shtoltsfus qiyin raqib. U men kutganimdan ham jiddiyroq bo'lib chiqdi. Men uni nokaut qilishni xohlardim, lekin u menga bunday imkoniyat bermadi.
Men o'rta vaznda qolamanmi? Ha, shu yo'nalishda davom etaman. Men ushbu divizionda endi Bo Nikal bilan jang qilishni xohlardim”, - deydi Ro'ziboyev.
Nasrullo Karimov
Jurnalist