Nursulton Ro‘ziboyev — Bo Nickalga nega chaqiruv tashladi?
UFC’ning o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik jangchi Nursulton Ro‘ziboyev amerikalik Bo Nickal bilan jang qilish istagidan voz kechmaganini ma’lum qildi.
«Bo Nickalni oldindan kuzatib yurganman. U — kuchli kurashchi, lekin mening fikrimcha, u men uchun qulay raqib. Buni “oson g‘alaba qozonaman” degan ma’noda aytayotganim yo‘q. Faqatgina, MMA doirasida u menga to‘g‘ri keladi, deb o‘ylayman.
U so‘nggi jangini yutqazdi, shuning uchun reytingda pastladi. Ilgari u top-raqamlarda edi, men esa yo‘q edim — o‘sha paytda jang bo‘lmasdi. Endi vaziyat o‘zgardi: u pastladi, men esa yuqoriga yaqinlashdim. Shu boisdan, bu jang bo‘lib o‘tishi mumkin, deb o‘ylayapman», — dedi Ro‘ziboyev.
Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev so‘nggi jangida — 19 may kuni Germaniya vakili Dastin Stoltzfusni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi. Jangdan so‘ng u oktagonda turib Bo Nickalga rasmiy chaqiruv yo‘lladi.