Nuno Migel Toshkentga yetib keldi
O‘zbekiston futzal federatsiyasi taklifiga binoan portugaliyalik tajribali darvozabonlar murabbiyi Nuno Miguel Correia Da Silva bugun Toshkentga yetib keldi.
Mutaxassis 4-iyun sanasidan poytaxtimizda start oladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.
Mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes hamda O‘FF mas’ul xodimlari kutib oldi.
Nuno Migel milliy terma jamoa mashg‘ulotlarida faol ishtirok etish bilan birga:
Milliy terma jamoa darvozabonlari uchun;
Yoshlar terma jamoasi darvozabonlari uchun;
O‘smirlar terma jamoasi darvozabonlari uchun;
maxsus mashg‘ulotlar olib boradi.
Shuningdek, u Oliy liga klublarida faoliyat yuritayotgan darvozabonlar murabbiylari uchun tashkil etiladigan o‘quv-seminarda ham qatnashib, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.