Nukusdagi qizg'in voleybol bahslari: eng kuchli jamoalar aniqlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Nukus shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida voleybol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 16–21 va 22–30 yosh toifalari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
16–21 yosh toifasida:
1-o‘rin — Mo‘ynoq tumani, “Qazaqdarya” OFY
2-o‘rin — Chimboy tumani, “Qos terek” OFY
3-o‘rin — Amudaryo tumani, “Tosh yop” OFY
22–30 yosh toifasida:
1-o‘rin — Chimboy tumani, “Taza jo‘l” MFY
2-o‘rin — Mo‘ynoq tumani, “Qazaqdarya” OFY
3-o‘rin — Qo‘ng‘irot tumani, “Monshaqli” MFY
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ular musobaqaning navbatdagi bosqichiga yo‘llanma oldi.
Bakradze Iman
Redaktor