locale OZ

Nukusda «Uzbekistan Judo Tour» turniri o‘tkazildi

200 million so‘mlik mukofot jamg‘armasi uchun kurashlarda Surxondaryo dzyudochilari umumjamoa hisobida peshqadam bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan «Uzbekistan Judo Tour» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan bellashuvlarda 4 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Chempionlikni Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg), Dilshodbek Baratov (-73 kg), Ramazon Allaberdiev (-90 kg) va qoraqalpog‘istonlik Ernazar Sarsenbayev (+90 kg) qo‘lga kiritdi.

Har bir vazn g‘oliblari 22 mln, kumush medal egalari 14 mln, bronza sohibi bo‘lgan sportchilar esa 7 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Umumjamoa hisobida Surxondaryo viloyati dzyudochilari 2 oltin va 2 kumush medal bilan birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari esa kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Jami 7 hudud vakillari kamida bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

«Uzbekistan Judo Tour» g‘olib va sovrindorlari
-60 kg
1. Samariddin Qo‘chqorov (Toshkent)
2. Asadbek Misirov (Surxondaryo)
3. Kamoliddin Baxtiyorov (Toshkent)
4. Amirxon Nizomaddinov (Xorazm)

-73 kg
1. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)
2. Nizomiddinxuja Toshpo‘latov (Surxondaryo)
3. Muhammadyaҳyo Muhammadjonov (Toshkent)
4. Obidxon Nomonov (Namangan)

-90 kg
1. Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)
2. Azizbek Avazmurodov (Toshkent)
3. Sultonbek Abdushukurov (Jizzax)
4. Ulug‘bek O‘roqov (Toshkent)

+90 kg
1. Ernazar Sarsenbayev (Qoraqalpog‘iston)
2. Javohir Murodullaev (Qashqadaryo)
3. O‘tkirbek To‘raboev (Toshkent)
4. Rufat Xudakov (Qoraqalpog‘iston)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting