locale OZ

Nukusda sablya qilichbozlari bilan sport psixologiyasi bo‘yicha amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida sportchilarning musobaqaga ruhiy tayyorgarligi, stressni boshqarish, diqqatni jamlash va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nukusda sablya qilichbozlari bilan sport psixologiyasi bo‘yicha amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Nukus shahrida ayni kunlarda sablya yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida sport psixologlari va yosh qilichbozlar ishtirokidagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida sportchilarning musobaqaga ruhiy tayyorgarligi, stressni boshqarish, diqqatni jamlash va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar qilichbozlik kabi tezkor va yuqori konsentratsiyani talab qiladigan sport turida psixologik barqarorlik hal qiluvchi omil ekanini alohida ta’kidladilar.

Tadbirda psixolog Gulbanu Esemuratova — Berdax nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti o‘qituvchisi, shuningdek Timur Dauletnazarov — Nukus shahridagi Oliy sport maktabi psixologi o‘z ma’ruzalari va amaliy tavsiyalari bilan ishtirok etdilar. Ular sportchilar bilan jonli muloqot olib borib, real musobaqa vaziyatlarida ruhiy holatni nazorat qilish bo‘yicha mashqlarni namoyish etdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting