Nukusda qilichbozlik bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi
Seminar qilichbozlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, uni Respublika qilichbozlik milliy terma jamoasi murabbiyi Y. A. Yo'ldoshev olib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik Uzbekistan
Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida yosh sportchilar va ularning murabbiylari uchun qilichbozlik bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.
Seminar qilichbozlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, uni Respublika qilichbozlik milliy terma jamoasi murabbiyi Y. A. Yo'ldoshev olib bordi.
Tadbirning asosiy maqsadlari:
sportchilarning tayyorgarlik darajasini oshirish,
mashg'ulot usullarini takomillashtirish va
mintaqaviy va milliy mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish edi.
Seminar davomida ishtirokchilar janglarda texnik elementlar va taktik harakatlarni mashq qildilar, shuningdek, Y. A. Yo'ldoshev rahbarligida mashg'ulotlar jarayonini tahlil qilish va sparring mashg'ulotlarida ishtirok etdilar.
Ibrohim Jalolov
Redaktor