Nukus shahrida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida sportning muay-tay turi bo‘yicha U-13 va U-17 yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 500 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda. Bundan tashqari Ozarbayjon davlatidan ham sportchilar qatnashmoqda.
Musobaqaning taqdirlash marosimida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi qo'mita raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Bayram O‘temuratov, O‘zbekiston Muay-tay assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Feruz Toshev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Erkinbay Qutibaevlar ishtirok etib, sportchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklashdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.