locale OZ

Nukus olimpiya va paralimpiya markazi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi

Sport psixologlari hamda bosh murabbiylarning faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nukus olimpiya va paralimpiya markazi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
Фото: Спорт вазирлиги

Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2026/2027-o‘quv yili oldidan markaz faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda milliy terma jamoalariga munosib sportchilarni yetkazib berish, sport turlari kesimida sport-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, markaz mas’ul xodimlarining faoliyati tahlil qilinib, sport, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, instruktor-metodistlar, tibbiyot xodimlari, sport psixologlari hamda bosh murabbiylarning faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sportchilar tayyorgarligi samaradorligini oshirish hamda milliy terma jamoalarga munosib sportchilarni tayyorlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting