locale OZ

Nomonjon Radjabov — VI Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari chempioni!

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida VI Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasidagi Kurash musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nomonjon Radjabov — VI Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari chempioni!
photo: Kurash Uzbekistan

Nomonjon Radjabov — VI Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari chempioni!

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida VI Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari doirasidagi Kurash musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.

+90 kg vazn toifasida 22 mamlakat vakillari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Hal qiluvchi final bahsida O‘zbekiston vakili Nomonjon Radjabov tajribali eronlik sportchi, Kurash bo‘yicha 19-Osiyo o‘yinlari g‘olibi Sadegh Azarang ustidan kichik ustunlik bilan g‘alaba qozonib, VI Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlari chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bronza medallari Turkmaniston vakili Ylham Kemelov hamda mezbon Qirg‘iziston sportchisi Telek Kurolovga nasib etdi. E’tiborlisi, Telek Kurolov 2018-yilda Issiqko‘lda bo‘lib o‘tgan III Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlarida ham g‘olib bo‘lgan.

VI Jahon Ko‘chmanchilar o‘yinlaridagi Kurash bahslari dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan sportchilarni bir gilam atrofida jamlab, uning boy merosi, yuksak qadriyatlari va xalqaro ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting