locale OZ

Nodirbekdan fantastik kambek! O‘zbekiston rapid yo‘nalishida nechanchi o‘rinni egalladi?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Londonda rapid va blitz yo‘nalishlari bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati qizg‘in tus olgan. 55 davlat jamoalari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi ham kuchli tarkib bilan ishtirok etmoqda. Safdagi yetakchilarimiz — Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov kabi grossmeysterlar hisoblanadi.

Jahon chempionatida umumiy mukofot jamg‘armasi — 500 000 yevro. Shundan 310 000 yevro rapid, 190 000 yevro esa blitz bahslari uchun ajratilgan. Ilk uch kun davomida rapid bo‘yicha 12 tur o‘tkazildi.

O‘zbekiston termasi hal qiluvchi uchinchi kunida 2 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdi. E’tiborli jihati, 12-turda Nodirbek Abdusattorov reytingda o‘zidan yuqori bo‘lgan Alireza Firuzjaga qarshi partiyada vaziyat og‘irlashganiga qaramay, yorqin g‘alabaga erishdi. Uning ushbu yutug‘i WR Chess Team (Nakamura, Vashye-Lagrav, Kostenyuk va boshqalar) jamoasi ustidan 3,5:2,5 hisobidagi muhim g‘alabani ta’minladi.

O‘zbekiston termasi shu kuni Global Ramblersni 5:1, Isroil termasini 4,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Malcolm’s Mates va Hexamind jamoalari bilan esa 3:3 hisobida durang qayd etildi. Hexamind jamoasiga qarshi partiyada Sindarov amaldagi chempion Volodar Murzinni, Abdusattorov esa Levon Aronyanni mag‘lub etdi. Qosimjonov va Vohidov durang o‘ynadi, ammo Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomqo‘zieva yutqazdi.

Yakunida O‘zbekiston jamoasi 12 turda 7 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat bilan 17 ochko jamg‘ardi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar natijasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, 30 000 yevro mukofot puliga ham sazovor bo‘ldi.

Rapid bahslarida chempionlikni Team MGD1 (21 ochko) qo‘lga kiritdi, kumush — Hexamind Chess Team (20 ochko), bronza esa 17 ochko bilan, lekin yuqori koeffitsientga ega Freedom jamoasiga nasib qildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting