Nodirbek Yakubboev Polshada yetakchilikni qo‘lga oldi
O‘zbekiston grossmeysteri “Rubinstein Memorial”da muhim g‘alaba bilan peshqadamligini mustahkamladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Polshaning Polyanitsa-Zdruy shahrida o‘tayotgan nufuzli “Akiba Rubinstein International Chess Festival”ning eng kuchlilar to‘plangan “ALREH” guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yakubboev muhim g‘alabaga erishdi.
6-turda u oq donalarda mezbon shaxmatchi Pavel Tetslafni mag‘lub etib, ochkolarini 4,5 ga yetkazdi va yakka peshqadam sifatida turnir jadvalida o‘z mavqeini mustahkamladi.
“ALREH” guruhida 10 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda. Ular orasida Michael Adams (Angliya), David Navara (Chexiya), Igor Kovalenko (Ukraina) kabi yuqori reytingli shaxmatchilar ham bor. G‘olib 9 tur yakuniga ko‘ra aniqlanadi.
Yakubboevning yuqori darajadagi o‘yini uning Polshadagi nufuzli musobaqada asosiy favoritlardan biriga aylantirmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor