locale OZ

Nodirbek Yakubboev Polsha turnirida yakka peshqadam

Grossmeysterimiz Maykl Adamsni mag'lub etib, chempionlikka yaqinlashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Polyanitsa-Zdruy shahrida o'tkazilayotgan an'anaviy “Akiba Rubinstein International Chess Festival” turniri hal qiluvchi bosqichga kirdi. 61-marta tashkil etilayotgan musobaqa 7 ta guruhda davom etmoqda. Kuchlilar to'plangan “ALREH” guruhida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yakubboev bosh sovrin uchun kurashmoqda.

Bu guruhda dunyodagi kuchli shaxmatchilar — Aravindh Chithambaram, Igor Kovalenko, Maykl Adams, David Navara, Radoslav Voytashek, Mattias Bluebaum va boshqalar qatnashmoqda. G'olib 9 tur yakuniga ko'ra aniqlanadi.

Yakubboev 7-turda Angliya shaxmatining afsonasi hisoblangan Maykl Adamsga qarshi bellashdi. O'yin avvalida farzini ruh va filga almashtirib yuborganiga qaramay, yakunda g'alabani qo'lga kiritdi. Farzinsiz holatda farzinli raqibni yutish juda kam uchraydigan holatdir.

Bu natija orqali Nodirbek 5,5 ochko to'plab, yakka peshqadamligini saqlab qoldi.

Bugun u 8-turda eng yaqin ta'qibchisi — 4,5 ochko bilan ikkinchi o'rinda turgan germaniyalik Mattias Bluebaumga qarshi o'ynaydi. Bellashuv bizning vaqt bilan soat 18:15’da start oladi. Agar hamyurtimiz g'alaba qozonsa, muddatidan oldin Polsha turniri chempioniga aylanishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting