locale OZ

Nodirbek Abdusattorov yulduzlar jam bo‘ladigan Total Chess turnirida qatnashadi

Musobaqa 10–20-noyabr kunlari Vengriya poytaxtida o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nodirbek Abdusattorov yulduzlar jam bo‘ladigan Total Chess turnirida qatnashadi
Foto: Getty Images

FIDE Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan Total Chess World Championship Tour Pilot turnirining yakuniy ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qildi. 24 nafar shaxmatchi orasidan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov ham joy oldi. Musobaqa 10–20-noyabr kunlari Vengriya poytaxtida o‘tkaziladi.

Turnirda Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Uesli So, Vinsent Kaymer, Rameshbabu Praggnanandha, Arjun Erigaisi, Anish Giri va Alireza Firuzja kabi dunyoning yetakchi grossmeysterlari ham ishtirok etadi. FIDEning sentabrdagi reytingiga ko‘ra, Abdusattorov dunyo reytingida 7-o‘rinda qayd etilgan.

So‘nggi bo‘lib ro‘yxatga Levon Aronyan, Le Kuang Lyem, Yorden van Foreest, Abhimanyu Mishra, Shahriyor Mamedyarov va Endryu Hong qo‘shildi. Shu tariqa, turnirning barcha 24 ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Total Chess yangi formatdagi musobaqa bo‘lib, unda shaxmatchilar Fast Classic, rapid va blits yo‘nalishlarida kuch sinashadi. Budapeshtdagi turnir 2027-yilda to‘liq ishga tushiriladigan Total Chess World Championship Tour oldidan sinov musobaqasi vazifasini bajaradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting