locale OZ

Nodirbek Abdusattorov yana sahnaga chiqmoqda — Superbet Chess Classic Romania boshlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nodirbek Abdusattorov yana sahnaga chiqmoqda — Superbet Chess Classic Romania boshlandi
Nodirbek Abdusattorov yana sahnaga chiqmoqda — Superbet Chess Classic Romania boshlandi

7-maydan 16-maygacha Ruminiya poytaxti Buxarestda klassik shaxmat bo‘yicha eng nufuzli musobaqalardan biri — Grand Chess Tour 2025 doirasidagi Superbet Chess Classic Romania turniri bo‘lib o‘tadi. Turnir jami 350 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ega. Asosiy g‘oliblik uchun O‘zbekistonning yetakchi grossmeysteri va dunyodagi eng yorqin yosh shaxmatchilaridan biri — Nodirbek Abdusattorov ham kurash olib boradi.

Musobaqa ishtirokchilari tarkibi juda kuchli:
– Gukesh Dommaraju (Hindiston) — amaldagi jahon chempioni,
– Fabiano Karuana (AQSH),
– Rameshbabu Praggnananda (Hindiston),
– Alireza Firouja (Frantsiya),
– Wesley So (AQSH),
– Levon Aronyan (AQSH),
– Yan-Kshishtof Duda (Polsha),
– Maksim Vashye-Lagrav (Frantsiya),
– Bogdan-Daniel Dek (Ruminiya).

Turnir davra tizimida 9 turdan iborat bo‘ladi va mutaxassislar uni mavsumning eng muhim shaxmat voqealaridan biri sifatida baholamoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting