locale OZ

Nodirbek Abdusattorov va boshqalar Sharjah Masters 2025’dan qancha mukofot puli ishlab topishdi?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

BAAning Sharja shahrida o‘tkazilgan nufuzli Sharjah Masters 2025 shaxmat turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Mukofot jamg‘armasi 73 000 AQSh dollarini tashkil etgan musobaqada dunyo shaxmatining etakchi vakillari qatorida o‘zbekistonlik grossmeysterlar ham ishtirok etishdi. “Masters” guruhida Nodirbek Abdusattorov 9 uchrashuvda 6,5 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egalladi va 7000 dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.

Chempionlikni 7 ochko bilan qo‘lga kiritgan niderlandiyalik Anish Giri 15 000 dollarni qo‘lga kiritdi. Abdusattorov bilan bir xil ochko jamg‘argan serbiyalik Aleksandr Indjich qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi va 10 000 dollar mukofot bilan taqdirlandi.

9-turni hamyurtimiz Jahongir Vohidov oq donalarda polshalik Malek Jandan ustun keldi. Muhiddin Madaminov turkiyalik Ishik Alparslan bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Ortiq Nighmatov Sanal Vahab bilan bahsni teng yakunladi. Turnirda kuchli 15talikka kirgan shaxmatchilarning barchasi mukofot pullariga ega chiqishdi.

Ahamiyatlisi, “C” guruhida bellashgan Qilichbek Nazaraliyev 9 turda 7,5 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egalladi. U 35-raqamli start reytingiga ega bo‘lishiga qaramay, o‘zidan yuqorida turadigan ko‘plab raqiblarni ortda qoldirdi va 1100 dollar mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting