Nodirbek Abdusattorov Sinquefield Cup 2025’da muvaffaqiyat uchun kurashni davom ettirmoqda
AQShning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha Sinquefield Cup 2025 musobaqasining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Nufuzli turnir Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi hisoblanadi va 350 ming AQSh dollari mukofot jamg‘armasi uchun olib borilmoqda.
Olimpiada chempionlari va jahonning eng kuchli 10 grossmeysterlari qatorida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2771) ilk to‘rt uchrashuvdan keyin 0,5 ochko bilan oxirgi – 10-o‘rinda bormoqda.
Abdusattorov 3-turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha (2779) bilan durang qayd etgan bo‘lsa, amerikalik Levon Aronyan, jahon chempioni Gukesh Dommaraju va to‘rtinchi turda yana bir amerikalik Fabiano Karuanadan mag‘lubiyatga uchradi.
5-turda Nodirbek qora donalarda amerikalik Sem Seviyanga qarshi kurash olib boradi. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi.
Jadvalda hozircha Fabiano Karuana (3 ochko) yakka peshqadam. Aronyan va Praggnanandha esa 2,5 ochkodan to‘plab, yaqin ta’qibchi sifatida turishibdi.