locale OZ

Nodirbek Abdusattorov: “Sindarov shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri!”

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovning iste’dodi, uning muvaffaqiyatlari va bu natijalar o‘ziga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nodirbek Abdusattorov: “Sindarov shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri!”
photo: Chess Uzbekistan

Nodirbek Abdusattorov: “Sindarov shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri!”

Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovning iste’dodi, uning muvaffaqiyatlari va bu natijalar o‘ziga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

“Biz uning salohiyatini yaxshi bilamiz. Javohir nihoyatda iste’dodli, hatto mendan ham iste’dodliroq. 2021–2022-yillargacha u shaxmatga unchalik ko‘p vaqt ajratmasdi, boshqa ishlar bilan ham shug‘ullanardi.

Menimcha, u shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri. Kasparov va boshqa buyuk shaxmatchilar qatorida. Iste’dod jihatidan ulardan aslo qolishmaydi. Shunchaki, u uzoq vaqt o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olmadi va biroz soyada qolib ketdi”.

Nodirbek Sindarovning muvaffaqiyatlari unga ham katta turtki berganini ta’kidladi:

“2022-yilda men birinchi bo‘lib 2700 reyting marrasidan o‘tdim. 2025-yilgacha reyting bo‘yicha kuchli shaxmatchilar qatorida edim. Lekin Nomzodlar turniriga chiqa olmadim. Avvaliga yoshligim, keyinchalik tajribam yetishmagani bunga to‘sqinlik qildi.

Ko‘p yillar davomida men Javohirdan bir qadam oldinda edim. Endi esa u mendan o‘zib ketdi va bu marraga birinchi bo‘lib erishdi.

Uning ketma-ket g‘alabalari menga ikkinchi nafas berdi. Javohir buning uddasidan chiqish mumkinligini ko‘rsatdi, yo‘l ochib berdi va o‘zimga bo‘lgan ishonchimni oshirdi.
Endi u oldinda, men esa uning ortidan ketyapman”.

Sizningcha, Sindarov haqiqatan ham shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan birimi?

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting