locale OZ

Nodirbek Abdusattorov: “Nomzodlar turnirida eng katta imkoniyat — Fabi’da”

FIDE Candidates 2026 haqida fikr bildirar ekan, Nodirbek favorit sifatida Fabiano Karuanani ko‘rsatdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nodirbek Abdusattorov: “Nomzodlar turnirida eng katta imkoniyat — Fabi’da”
photo: Chess Uzbekistan

FIDE Candidates 2026 haqida fikr bildirar ekan, Nodirbek favorit sifatida Fabiano Karuanani ko‘rsatdi.

Jahon chempionligi matchi ehtimoli haqida gap ketganda ham Nodirbek Karuanaga ustunlik berdi:

“Taxminan 60/40 Fabi foydasiga. Gukeshning ham u bilan yaxshi natijalari bor, lekin baribir Fabi’ning imkoniyati balandroq.”

Nodirbekning ta’kidlashicha, Nomzodlar turniri Karuana uchun hal qiluvchi bosqich:

“Bu juda katta to‘siq. Agar u shu bosqichdan o‘tsa, ishonchi yanada oshadi va matchda juda jiddiy raqibga aylanadi.”

U shuningdek, Pragg va Javohir Sindarovning ham yaxshi imkoniyatlari borligini aytdi.Agar ikkisidan faqat birini tanlash kerak bo‘lsa, Nodirbek ustunlikni Javohirga berdi.

-Agar Javohir Nomzodlar turnirini yutib, sizdan Jahon chempionligi matchida yordam berishni so’rasa, rozi bo‘larmidingiz?

“Ha, albatta.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting