locale OZ

Nodirbek Abdusattorov kibersport bo‘yicha Jahon kubogiga yo‘llanma oldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Chess.com platformasida klassik shaxmatning onlayn turida o‘tkazilayotgan Champions Chess Tour xalqaro musobaqasiga start berildi. Turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan grossmeyster Nodirbek Abdusattorov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Birinchi kun yakuniga ko‘ra, Abdusattorov saralash bosqichidagi ikki bahsda zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi. U 1/8 finalda belaruslik Denis Lazavikni 3:1, 1/4 finalda esa xitoylik Vey I'ni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Abdusattorovga yarim finaldagi raqib sifatida kibershaxmatning jonli afsonasi — Magnus Karlsen to‘g‘ri keldi. Norvegiyalik grossmeyster bu bosqichgacha Yan-Kshishtoff Duda va Maksim Vashye-Lagravni mag‘lub etgan.

Asosiy yangilik. Nodirbek Abdusattorov kechagi muvaffaqiyatlari orqali 8 iyul – 24 avgust kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan Kibersport bo‘yicha Jahon kubogiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. U bilan birga Fabiano Karuana, Vey I, Alireza Firuzja va Vladislav Artemyev ham Jahon kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting