Nodirbek Abdusattorov Karlsen ishtirok etadigan Zagreb turnirida harakat qiladi
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ishtirok etadigan navbatdagi xalqaro musobaqa nomi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, hamyurtimiz 2–6 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tadigan SuperUnited Rapid & Blitz Croatia turnirida dona suradi. Ushbu nufuzli musobaqa Grand Chess Tour seriyasi doirasida tashkil etiladi.
Turnirda jahonning etakchi grossmeysterlari ishtirok etadi. Ular orasida:
• Magnus Karlsen (Norvegiya)
• Fabiano Karuana (AQSh)
• Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston)
• Rameshbabu Praggnanandhaa (Hindiston)
• Alireza Firouzja (Fransiya)
• Gukesh Dommaraju (Hindiston)
• Uesli So (AQSh)
• Yan-Kshishtof Duda (Polsha)
• Anish Giri (Niderlandiya)
• Ivan Sharich (Xorvatiya)
Ma’lumot o‘rnida, Abdusattorov hozirda Toshkentda o‘tayotgan UzChess Cup turnirida ham ishtirok etmoqda.