Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchlikka kirdi
U 2027 yilgi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov blits reytingida eng yuqori uchlikka kirdi.
U so‘nggi natijalari evaziga ikki pog‘ona yuqoriladi va Magnus Karlsen hamda Hikaru Nakamuradan keyingi o‘ringa joy oldi.
Hozirda Karlsen 2877,4 ochko bilan 1-, Nakamura esa 2838 ochko bilan 2-o‘rinda. Ushbu ro‘yxatda Abdusattorov 2802,5 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov shu yil fevralida fristayl-shaxmat bo‘yicha FIDE jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan va 2027 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist