locale OZ

Nodirbek Abdusattorov jahon chempioniga qarshi mag'lubiyatga uchradi

Sinquefield Cup 2025 turnirida hamyurtimiz ochko ololmay turibdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

AQShning Sent-Luis shahrida o'tayotgan mukofot jamg'armasi 350 ming dollar bo'lgan nufuzli Sinquefield Cup 2025ning ikkinchi tur bahslari yakunlandi. Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi aylana tizimda 9 turdan iborat bo'lib, 29 avgustgacha davom etadi.

Birinchi turda Levon Aronyanga mag'lub bo'lgan Nodirbek Abdusattorov kecha amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajudan ham yutqazdi. Bu natijalardan so'ng hamyurtimiz sovrinli o'rinlar uchun kurashish imkoniyatlarini qiyinlashtirib qo'ydi.

Shaxmatchilar o'rtasidagi aniqlik ko'rsatkichi 92,7 %ga 87 % foydasiga Gukesh tomoniga og'di. Hindistonlik grossmeyster 1-turda vatandoshi Pragg'nanandhaga mag'lub bo'lgandi.

2-tur natijalari:
• Rameshbabu Pragg'nanandha (Hindiston) – Fabiano Caruana (AQSh) ½–½
• Levon Aronyan (AQSh) – Sem Sevian (AQSh) ½–½
• Uesli So (AQSh) – Maksim Vashye-Lagrav (Fransiya) ½–½
• Alireza Firuzja (Fransiya) – Yan-Krishtof Duda (Polsha) 1–0
• Gukesh Dommaraju (Hindiston) – Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 1–0

3-tur juftliklari (bizning vaqt bilan 22:00):
• Sem Sevian – Gukesh Dommaraju
• Nodirbek Abdusattorov – Rameshbabu Pragg'nanandha
• Fabiano Caruana – Alireza Firuzja
• Maksim Vashye-Lagrav – Levon Aronyan
• Yan-Krishtof Duda – Uesli So

Abdusattorov bugungi uchrashuvda oq donalarda Pragg'nanandhaga qarshi harakat qiladi. Uch turdan so'ng ochkosiz qolgan yagona shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting