locale OZ

Nodirbek Abdusattorov Freestyle Chess Grand Slam turnirida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik grossmeyster Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqada jahon elitasiga qarshi dona suradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

16–20 iyul kunlari AQShning Las-Vegas shahrida shaxmat bo‘yicha 2025 yilgi Freestyle Chess Grand Slam Tour seriyasining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston shaxmat maktabining yetakchi vakili, grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi. U musobaqada dunyo shaxmat elitasiga qarshi dona suradi.

Turnirning asosiy ishtirokchilari:
• Magnus Karlsen (Norvegiya)
• Hikaru Nakamura (AQSh)
• Arjun Erigayasi (Hindiston)
• Fabiano Karuana (AQSh)
• Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston)
• Uesli So (AQSh)
• Levon Aronyan (AQSh)
• Lenyer Dominges (AQSh)
• Parham Maqsudlu (Eron)
• Yan Nepomnyashiy (neytral maqomda)
• Vinsent Kaymer (Germaniya)
• Rameshbabu Pragnanandhaa (Hindiston)

Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, musobaqada ishtirok etuvchi yana uch shaxmatchining ismi yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting