locale OZ

Nodirbek Abdusattorov Esports World Cup Chess pley-off bosqichida!

O‘zbekistonlik grossmeyster Karuanani musobaqadan chiqardi, Duda ustidan ham g‘alaba qozondi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida mukofot jamg‘armasi 1 million 550 ming dollar bo‘lgan nufuzli Esports World Cup Chess turniri qizg‘in pallaga kirdi.

NAVI jamoasi sharafini himoya qilayotgan va D guruhidan o‘rin olgan Nodirbek Abdusattorov ilk bosqichda amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi. Birinchi partiyada qora donalarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, Nodirbek g‘alaba qozondi. Ikkinchi uchrashuvda esa jahon reytingining uchinchi raqamidagi Karuana hisobni tenglashtirdi.

Barcha uchun hal qiluvchi bo‘lgan armageddon partiyasida Abdusattorov mahorat ko‘rsatib, kuchli raqibini musobaqadan chiqarib yubordi.

Keyingi bosqichda uni polyak Yan-Krishstoff Duda kutayotgan edi. Bu bahsda ham ikki partiya durang bilan yakunlandi. Ammo armageddon partiyasida shaxmat tarixida kamdan-kam uchraydigan holat sodir bo‘ldi: Duda sichqonchada xatolik qilib, sipohni bitta emas, ikkita qatorda surishni rejalashtirar ekan, noto‘g‘ri yurishni amalga oshirdi. Bu raqibiga ot ustunligini taqdim etishiga sabab bo‘ldi va u bahsni davom ettirmay, mag‘lubiyatni tan oldi.

Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, ikkinchi o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. D guruhida birinchi o‘rinni Magnus Karlsen egalladi.

Afsuski, saralash orqali musobaqaga yo‘l olgan Javohir Sindarov xitoylik Vey Yiga qarshi har ikki partiyada ham mag‘lub bo‘lib, Esports World Cup Chess turniridagi ishtirokini yakunladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting