Nodirbek Abdusattorov 5-turda Bogdan-Daniеl Disga qarshi durang o‘ynadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Ruminiyaning Buxarest shahrida davom etayotgan Superbet Chess Classic Romania turnirining 5-tur uchrashuvlari ham yakunlandi. O‘zbekistonning yetakchi shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov navbatdagi bahsni mezbon mamlakat vakili — ruminiyalik grossmeyster Bogdan-Daniеl Disga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv oq donalarda kechdi va muzokara natijasida — durang bilan yakunlandi.
Bu Abdusattorov uchun ketma-ket ikkinchi durang hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, u 4-turda AQSH vakili Fabiano Karuana qarshi ham ochkolarni bo‘lishgan edi.
Musobaqa jami 10 ishtirokchi o‘rtasida aylana tizimida o‘tkazilmoqda va umumiy sovrin jamg‘armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qiladi.