Nodir Eliboyev: \"Ishqibozlar bilan to‘la arenada o‘ynash, sportchilarga o‘zgacha ishtiyoq bag‘ishlaydi\"
Nodir Eliboyev: "Ishqibozlar bilan to‘la arenada o‘ynash, sportchilarga o‘zgacha ishtiyoq bag‘ishlaydi"
Xabaringiz bor, 2 iyun sanasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi.
Biz mazkur bahs oldidan BMB jamoasi ustozi Nodir Eliboyev bilan bog‘landik
"Tayyorlik jarayoni yaxshi ketmoqda. Hal qiluvchi bahsga astoydil tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Jarohatlanganlar bor, lekin boshqa o‘yinchilarimiz ularning yo‘qligini bildirimaslikka harakat qilmoqda. Barcha finalni intiqlik bilan kutmoqda. Jamoada kayfiyat a’lo, ajoyib ichki muhit hukmronlik qilmoqda. Nasib qilsa, g‘alaba biz tomon bo‘ladi.
Final uchrashuvidan eng avvalo muxlislar shovqinini kutyapman. Ishqibozlar bilan to‘la arenada o‘ynash, sportchilarga o‘zgacha ishtiyoq bag‘ishlaydi. Raqibni hurmat qilamiz, "Oil Star" yurtimizning kuchli jamoalaridan biri. Biroq biz ulardan qo‘rqmaymiz va faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz".