locale OZ

Nigora Abdullayeva terma jamoamiz hisobiga 3 ta kumush medalni taqdim etdi

Qatar Cup musobaqasida qo‘lga kiritgan umumiy medallari soni 9 taga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nigora Abdullayeva terma jamoamiz hisobiga 3 ta kumush medalni taqdim etdi
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi

–58 kg vazn toifasidagi bahslar ham yakuniga yetdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Nigora Abdullayeva dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish hamda ikki kurash yakunlariga ko‘ra 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Alohida ta’kidlash joizki, yilni yuqori sport formasida o‘tkazayotgan Nigora ketma-ket ikkinchi xalqaro musobaqada ham shohsupaga ko‘tarilib, musobaqadan musobaqaga o‘sib borayotgan tayyorgarligi bilan e’tiborni tortmoqda.

Mazkur vazn toifasida oltin medal Shimoliy Koreya vakilasi Oh Kwang Okga nasib etgan bo‘lsa, siltab ko‘tarish va ikki kurash yakunlariga ko‘ra bronza medal Tunis sportchisi Aya Alawadiga topshirildi.
Dast ko‘tarish bahsida esa bronza medal Turkmaniston vakilasi Zibagul Soymushova tomonidan qo‘lga kiritilgan edi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilarning hozirga qadar Qatar Cup musobaqasida qo‘lga kiritgan umumiy medallari soni 9 taga yetdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting