locale OZ

Nenad Lalovich sport tashkilotlari rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va UWW o‘rtasidagi hamkorlikni yanada izchil yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nenad Lalovich sport tashkilotlari rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
Фото: Olympic.uz

Birlashtirilgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich kun davomida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida bo‘ldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va UWW o‘rtasidagi hamkorlikni yanada izchil yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Sport vazirligi, MOQ va O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida kechgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi. Suhbat davomida terma jamoalar uchun yanada qulayliklar yaratish, xalqaro tashkilotda o‘zbekistonlik mutaxassislarning sonini ko‘paytirish va ularning malakasini oshirish kabi mavzularga ham to‘xtalib o‘tildi.

Janob Lalovich MOQning Martabali mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Shuningdek, u tadbir yakunida sentabr oyida Xorvatiyada o‘tgan jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Ularga davlat tomonidan tegishli pul mukofotlari topshirilib, jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga BYD avtomashinasi taqdim qilindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting