locale OZ

Ne'mat Yoqubov Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi va sambodagi faoliyatini yakunladi

Musobaqada hamyurtimiz Islom Adilov hakam sifatida ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ne'mat Yoqubov Rossiyadagi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi va sambodagi faoliyatini yakunladi
Фото: Ўзбекистон самбо ассоциацияси матбуот хизмати

4-6 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Dzjerjinsk shahrida sambo bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etildi.

Kattalar o‘rtasida Yevropa chempioni Vladimir Kulikov xotirasiga bag‘ishlangan 30-an’anaviy xalqaro turnirda hamyurtimiz Ne'mat Yoqubov (-98 kg) ham ishtirok etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada hamyurtimiz Islom Adilov hakam sifatida ishtirok etdi.

Ushbu jang yakunlangach, Ne'mat Yoqubov professional sambodagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi va o‘z oyoq kiyimini ramziy ma’noda gilamda qoldirib ketdi.

Ma’lumot uchun, Ne'mat Yoqubov ikki karra JCH kumush medali sohibi, uch karra Osiyo chempioni, 2017 yildagi yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting