locale OZ

NDKTU va O'zbekiston voleybol Federatsiyasi o'rtasida hamkorlik memarandumi imzolandi

Mazkur hamkorlik talabalarning sport salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni professional sportga yoʻnaltirish hamda hududlarda voleybol sportini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
NDKTU va O'zbekiston voleybol Federatsiyasi o'rtasida hamkorlik memarandumi imzolandi
photo: Voleybol Uzbekistan

Kuni kecha Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Fayziyev Jamshid Shukurulloyevich Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida boʻlib, voleybol sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash hamda ularni professional darajada tayyorlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida universitet rahbariyati bilan samarali muloqot olib borilib, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi va NDKTU oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida universitetda voleybol sport turini tizimli rivojlantirish, “Konchi” sport klubi voleybol jamoasining respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda ishtirokini taʼminlash, shuningdek, qoʻshma sport loyihalari va musobaqalar tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur hamkorlik talabalarning sport salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni professional sportga yoʻnaltirish hamda hududlarda voleybol sportini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va voleybol sport turini ommalashtirish ishlari izchil davom ettiriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting