locale OZ

Navoiyda “Yangi O‘zbekistonning Olimpiya cho‘qqilari” gimnastika musobaqalarining zonal bosqichlari bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Navoiy shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “Yangi O‘zbekistonning Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining navbatdagi bosqichi tashkil etildi. Unda Navoiy shahri, Qiziltepa, Karmana va Xatirchi tumanlaridan 15–17 yoshli iqtidorli gimnastikachi qizlar ishtirok etdi.

Shu bilan birga, Zarafshon, Uchquduq va Tamdi tumanlari gimnastikachilari o‘rtasidagi bosqich g‘oliblari ham aniqlandi. Barcha sovrinli o‘rinlarni Zarafshon shahri sportchilari egalladi. Eng yuqori natijani “Barkamol avlod” bolalar maktabi tarbiyalanuvchisi Shalola Boltaeva qayd etdi.

Musobaqalar yakunlangach, g‘olib va sovrindorlar tantanali tarzda taqdirlandi. Navoiy shahri gimnastika maktabi vakillari yana bir bor o‘z ustunligini namoyish etib, eng yuqori ballni Guzal Fayzullayeva jamladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting