locale OZ

Navoiyda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining dzyudo bo‘yicha mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy va texnik salohiyatini namoyon etish maqsadida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining navbatdagi mintaqaviy bosqichi Navoiy viloyati Navbahor tumanida dzyudo yo‘nalishida o‘tkazildi.

Musobaqada G‘ozg‘on shahri, Navbahor, Konimex va Nurota tumanlaridan kelgan iqtidorli yosh dzyudochilar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar davomida sportchilarning texnik tayyorgarligi, chaqqonligi va aniqligi sinovdan o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy viloyati sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i U. Qahhorov, Milliy Olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyatidagi hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Farhod Rahmonov, shuningdek, sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Bellashuvlar yakunida eng yaxshi natija qayd etgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. G‘oliblar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting