locale OZ

Navoiyda sportning sohil voleyboli turidan \"Navoiy viloyati hokimi Olimpiadasi\" bo'lib o'tdi

G‘olib va sovrindorlarni diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Navoiyda sportning sohil voleyboli turidan "Navoiy viloyati hokimi Olimpiadasi" bo'lib o'tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Navoiyda sportning sohil voleyboli turidan "Navoiy viloyati hokimi Olimpiadasi" bo'lib o'tdi. Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilgan mazkur musobaqada 13-14 yoshdagi o'g'il bolalardan iborat shahar-tuman jamoalari o‘zaro kuch sinashib, sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra:

O'g'il bolalar o‘rtasidagi bahslarda:

I-o‘rinni Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi,
II-o‘rinni Sportning o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi,
III-o‘rinni Nurota tuman sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.


Musobaqa jarayonlarida viloyat Sport boshqarmasi xodimlari, MOQ Navoiy viloyati ijrochi direktori Farhod Rahmonov, hamda soha mutasaddilari ishtirok etib, sportchilarni respublika bosqichidagi bahslarda omad va zafarlar tiladi.

G‘olib va sovrindorlarni diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting