Navoiyda sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
G‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Navoiy shahridagi “Sport saroyi”da sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida (U-15) O‘zbekiston chempionati bellashuvlari davom etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kunida 41, 48, 57, 68 va 85 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazilib, kuchli raqobat ostida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
G‘olib va sovrindor sportchilar Navoiy viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J.Murtozaev hamda viloyat prokurori katta yordamchisi G.Hasanov tomonidan taqdirlandi.
Chempionatda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar o‘z mahorati va yuqori jismoniy tayyorgarligini namoyon etmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist