locale OZ

Navoiyda 200 million so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi start oldi

Turnirda Olimpiada sovrindori Alisher Yusupov va boshqa taniqli dzyudochilar ishtirok etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ayni paytda Navoiy shahridagi NKMK sport majmuasida kattalar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnir O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 20 iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan.

200 million so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega musobaqada asosiy e’tibor og‘ir vazn toifasidagi bahslarga qaratilmoqda. Unda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov hamda boshqa taniqli sportchilar ishtirok etayotgani turnirga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Uzbekistan Judo Tour” musobaqalari 2026 yil yozigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Avvalroq turnirga Buxoro va Namangan viloyatlari mezbonlik qilgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting