locale OZ

Navoiy viloyati - U-17 o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempioni

Bellashuvlar murosasiz va qizg‘in ruhda o‘tib, har bir uchrashuv sport muxlislari va mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navoiy viloyati - U-17 o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempioni
photo: Voleybol Uzbekistan

Joriy yilning 5–11-mart kunlari Navoiy viloyatida, “So‘g‘diyona” Jismoniy tarbiya va sport kompleksida voleybol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan jami 14 ta jamoa chempionlik uchun bahs olib bordi. Bir necha kun davom etgan uchrashuvlar davomida yosh voleybolchilar yuqori sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishlarini namoyon etdilar.

Bellashuvlar murosasiz va qizg‘in ruhda o‘tib, har bir uchrashuv sport muxlislari va mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Musobaqa yosh voleybolchilar uchun muhim tajriba maydoniga aylanishi bilan birga, kelajakda milliy terma jamoalar safiga munosib nomzodlarni aniqlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar sovrindorlar safidan joy oldi:
1-o‘rin — Navoiy viloyati jamoasi
2-o‘rin — Toshkent viloyati jamoasi
3-o‘rin — Sirdaryo viloyati jamoasi

Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ta’kidlash joizki, bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida voleybol sport turini keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda milliy terma jamoalar uchun mustahkam zaxira shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting