Navoiy viloyati sport ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Bugun Sport vazirligi ishchi guruhi Navoiy viloyatidagi sport ta’lim muassasalarida bo‘lib, joylarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida sportchilar natijadorligi va musobaqalardagi ishtirok ko‘rsatkichlari, ommaviy sport qamrovi darajasi, ERP Sport yagona elektron boshqaruv tizimida yoshlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari, hisobotlarning haqqoniyligi va shaffofligi masalalari atroflicha tahlil qilinmoqda.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektron tizimdan samarali foydalanish, sportchilarni musobaqalarga keng jalb etish hamda natijadorlikni oshirish yuzasidan mutasaddilarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari hududlarda sport boshqaruvi samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng rivojlantirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.