locale OZ

Navoiy shahrida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi

G‘olib jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Navoiy shahrida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi
Фото: Спорт вазирлиги

Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha "Navoiy shahar hokimi olimpiadasi" bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport tadbirida 2012–2013-yillarda tug‘ilgan sportchi qizlar munosib ishtirok etdilar. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy o‘yin ko‘nikmalari hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar Navoiy shahar hokimligi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting