locale OZ

Navoiy shahrida kapital ta'mirdan chiqqan qilichbozlik zali foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Navoiy shahrida kapital ta'mirdan chiqqan qilichbozlik zali tantanali tarzda ochildi. Endi ushbu inshoot maydoni ikki baravar oshgan va u ikki baravar ko'proq sportchiga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega.

Bunyodkorlik va ta'mirlash ishlari NКMK hamda korxona kasaba uyushmasi Kengashi mablag'lari hisobidan amalga oshirildi.

Zalning ochilish marosimida “NКMK” AJ Boshqaruv raisi — bosh direktor K. Sanakulov, “NКMK jamg'armasi” DU, korxona xodimlari kasaba uyushmasi vakillari hamda “So'g'diyona” FSK tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda ta'kidlanishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinati ijtimoiy mas'uliyatli korxona sifatida sportni ommalashtirish, sport inshootlarini qurish va sportchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting