locale OZ

Nassurdin Imavov navbatdagi jangini qayerda oʻtkazishi mumkinligi maʼlum boʻldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Fransiya sharafini himoya qilayotgan doʻgʻistonlik UFC jangchisi Nassurdin Imavov navbatdagi jangini 6-sentabr kuni Parijda boʻlib oʻtadigan turnirda oʻtkazishi mumkin. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqda maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, agar Drikus Du Plessis va Xamzat Chimaev oʻrtasidagi chempionlik jangida unga oʻrinbosar sifatida qatnashish talab qilinmasa, u holda Parijdagi turnirda oktagonga chiqadi.

“Men reytingdagi mavqeimni saqlab turishni emas, harakat qilishni istayman. 16-avgust kuni chempionlik jangiga tayyorgarlik koʻryapman. Agar jangchilardan hech biri turnirni tark etmasa, Parij uchun raqib topamiz. UFC bilan ana shunday kelishuv bor”, — deb yozdi Imavov.

Shuningdek, u chempionlikni qoʻlga kiritgan taqdirda Doʻgʻistonga borish haqidagi savolga ham javob qaytardi:

“Kamarni Doʻgʻistonga olib boramiz”, — deya vaʼda berdi jangchi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting