Namangandagi “Uzbekistan Judo Tour” g‘olib va sovrindorlari aniqlandi — 40 yoshli Dilshod Choriyev shohsupaga ko‘tarildi
Namangan shahrida joylashgan “Barkamol avlod” sport majmuasi navbatdagi yirik musobaqa — “Uzbekistan Judo Tour”ga mezbonlik qildi. 200 million so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega turnirda -81, -90, -100 va +100 kg vazn toifalarida mamlakatning yetakchi dzyudochilari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Har bir vazn toifasida chempion 22 million, kumush medal sohiblari 14 million, bronza medali egalari esa 7 million so‘mdan mukofot puliga sazovor bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Surxondaryo dzyudo jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qashqadaryoliklar 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni esa 1 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan Toshkent shahri jamoasi yakunlab berdi.
Shuningdek, Jizzax, Samarqand, Xorazm va Toshkent viloyati vakillari ham shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lishdi. Ajoyib natijalardan biri — 40 yoshli tajribali dzyudochi Dilshod Choriyevning kumush medal bilan mukofotlanganidir.
Barcha g‘olib va sovrindorlar:
–81 kg (56 ishtirokchi):
Murodjon Yo‘ldoshev (Toshkent sh.)
Alimardon Abdulaxatov (Surxondaryo)
Asadbek Norbo‘tayev (Toshkent vil.)
Bobur Yangiboyev (Surxondaryo)
–90 kg (25 ishtirokchi):
Shohjahon Ahmadjonov (Jizzax)
Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)
Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)
Alisher Samanov (Samarqand)
–100 kg (19 ishtirokchi):
Jahongir Mamatrahimov (Surxondaryo)
Dilshod Choriyev (Toshkent vil.)
MuhammadSodiq Sodiqov (Xorazm)
Muhammadali Tangriyev (Toshkent vil.)
+100 kg (14 ishtirokchi):
Islombek Ravshanqulov (Qashqadaryo)
Javohir Murodullaev (Qashqadaryo)
O‘tkiirbek To‘raboyev (Toshkent sh.)
Fazliddin Rafiqov (Toshkent sh.)