locale OZ

Namanganda yangi sport maydoni foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda yangi sport maydoni foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag'ishlab O'zbekiston bo'ylab qator yangi sport inshootlari foydalanishga topshirilmoqda.

Shu munosabat bilan bugun Namangan viloyati Uychi tumani Toshloq MFY hududida zamonaviy workout maydonchasi qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

Mazkur inshoot “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turi bo'yicha uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan Qosimova Mushtariyning muvaffaqiyati munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan 38-umumta'lim maktabi hududida barpo etildi.

Ochilish marosimida nuroniylar, sportsevar yoshlar hamda viloyat sport boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting