Namanganda yangi sport maskani foydalanishga topshirildi
Ushbu maskan Sport vazirligining “Tashabbusli sport” ovoz to‘plash loyihasi doirasida bunyod etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Namangan viloyati Mingbuloq tumanining Chordona mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy street workout maydonchasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu maskan Sport vazirligining “Tashabbusli sport” ovoz to‘plash loyihasi doirasida bunyod etildi.
Maydonchada sport bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar – turnik, press trenajyorlari va boshqa moslamalar o‘rnatilgan.
Tantanali ochilish marosimida mahalla faollari, yoshlar, sportchilar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist