Namanganda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Sport vazirligi
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” dasturi doirasida yengil atletika sport turi bo‘yicha mintaqaviy saralash bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan sportchilar qatnashib, o‘zaro kuch sinashdi. Ular markazlashgan tartibda to‘siqlar osha yugurish, disk uloqtirish va bosqon uloqtirish kabi yengil atletikaning uchta yo‘nalishida bahs olib bordi.
Musobaqa sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jismoniy tayyorgarlik va iroda sinovi maydoniga aylandi.
Yakunida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor