locale OZ

Namanganda voleybolga ixtisoslashtirilgan mahorat maktabi tantanali ochildi

200 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha sharoitlarga ega yangi yotoqxona foydalanishga topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda voleybolga ixtisoslashtirilgan mahorat maktabi tantanali ochildi
photo: voleybol uzbekistan

Uchqo‘rg‘on tumanida zamonaviy sharoitlarga ega voleybolga ixtisoslashtirilgan mahorat maktabi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, mutasaddi rahbarlar, faxriy murabbiylar, sportchilar hamda nuroniylar ishtirok etishdi.

Mazkur mahorat maktabida mavjud inshootlar to‘liq rekonstruksiya qilindi, o‘quv va ma’muriy binolar kapital ta’mirdan chiqarildi, talabalar uchun barcha sanitariya-me’yorlariga javob beruvchi zamonaviy oshxona barpo etildi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha sharoitlarga ega yangi yotoqxona foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, voleybol zalidan tashqari kurash va boks sport zallari, chim ustida hokkey, mini-futbol hamda sohil voleyboli maydonchalari ham qurib bitkazildi.

Yangi majmua yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, salomatligini mustahkamlashi va kelgusida xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting